Asosiy kontentga ötiş

Köp beriladigan savollar

Teach for Uzbekistan dasturiga ariza topşiriş haqidagi javoblar. Savolingiz topilmadimi? Bizga yozing — kontaktlar teachforuzbekistan.org saytida.

Teach for Uzbekistan haqida

Teach For Uzbekistan nima?

Teach For Uzbekistan — ikki yillik Fellowship dasturi orqali eng yaxşi universitet bitiruvçilari va yoş mutaxassislarni tanlab, tayyorlab, Özbekistonning öqituvçi yetişmaydigan maktablariga öqituvçi sifatida yöllaydigan notijorat taşkilot. Biz global Teach For All tarmoğining hamkorimiz.

Bu javob foydali böldimi?
TFU davlat dasturimi?

Yöq. TFU — Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi bilan rasmiy Anglaşuv memorandumi asosida hamkorlikda faoliyat yurituvçi mustaqil notijorat taşkilotdir. Bizning dasturimiz davlat taʼlim tizimini almaştirişga emas, balki uni töldiriş va qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Dastur iştirokçilari — Fellowlar — davlat umumtaʼlim maktablarida maktab maʼmuriyati rahbarligi ostida, milliy taʼlim standartlariga töliq muvofiq ravişda faoliyat yuritadilar.

Bu javob foydali böldimi?
TFU qanday moliyalaştiriladi?

Moliyalaştiriş masalasida dastur turli hamkorlar va qöllab-quvvatlovçi taşkilotlarning mablağlari, jumladan, korporativ hamkorlar, xalqaro jamğarmalar hamda individual xayriyaçilarning kömagiga tayanadi. Bunga qöşimça ravişda, davlat hamkorlari tomonidan institutsional kömak ham körsatiladi.

Bu javob foydali böldimi?
Dasturga ariza topşirmasam ham TFUni qanday qöllab-quvvatlaşim mumkin?

Taşkilot sifatida hamkor bölişingiz, xayriya qilişingiz yoki ijtimoiy tarmoqlarda faoliyatimizni kuzatib borişingiz mumkin.

Bu javob foydali böldimi?

Fellowship dasturi haqida

Fellowship nima?

Fellowship (Fellowship) — bu tanlov asosida iqtidorli mutaxassislar, yoş olimlar, talabalar yoki öz sohasining professionallariga kasbiy, pedagogik yoki ilmiy faoliyatini rivojlantiriş uçun beriladigan maxsus dastur, stipendiya yoki grantdir. “Teach for Uzbekistan” dasturi kontekstida Fellowship — bu öz iştirokçilariga (Fellows) maktablarda dars beriş, metodik kömak körsatiş, malaka oşiriş va jamiyatda taʼlim sifatini yuksaltiriş uçun beriladigan uzoq muddatli professional hamkorlik loyihasidir. Iştirokçilar şunçaki işçi emas, balki taʼlim tizimini özgartirişga qaratilgan harakatning elçilari (fellowlar) hisoblanadi.

Bu javob foydali böldimi?
Pedagogik maʼlumot yoki öqituvçilik tajribasi kerakmi?

Yöq. Köplab dastur iştirokçilari taʼlimdan boşqa sohalardan keladi. Maktabga yöllanişdan oldin Fellowship va Yozgi institut orqali töliq pedagogik tayyorgarlik beramiz. Dastur iştirokçilari kamida bakalavr darajasiga ega bölişi kerak.

Bu javob foydali böldimi?
Dastur iştirokçilari qaysi fanlardan dars beradi?

Iştirokçilar hamkor maktablarga öqituvçi eng köp kerak bölgan fanlardan birini öqitadi: STEM — matematika, fizika, biologiya, kimyo; IT — informatika; tillar — ona tili va adabiyot, ingliz tili, rus tili. Boşqa fandan dars bermoqçi bölsangiz ham ariza topşirişingiz mumkin: anketada «Boşqa fan»ni tanlab, uni yozing.

Bu javob foydali böldimi?
Kimlar ariza topşirişi mumkin?

Dastur boşlanişiga qadar tugallangan bakalavr (yoki undan yuqori) diplomi, özbek, qoraqalpoq yoki rus tilini biliş va ikki yil maktabda dars berişga tayyorlik talab qilinadi. Özbekiston fuqarosi, fuqaroligi yöq şaxs yoki Özbekistonda yaşaş uçun ruxsatnomasi bor boşqa davlat fuqarosi bölişingiz kerak. Yoş çegarasi yöq. Talablarga mos kelişingizni uşbu portal boş sahifasidagi test orqali ikki daqiqada tekşirişingiz mumkin.

Bu javob foydali böldimi?
Kim dastur iştirokçisi böla oladi?

Biz yetakçilik salohiyatiga ega, motivatsiyali va qobiliyatli yoşlarni izlaymiz — pedagogik tajriba şart emas. Eng muhimi — xarakter, motivatsiya, şaxsiy masʼuliyat va qadriyatlarimizga moslik; bular fan bilimi va muloqot könikmalari bilan birga baholanadi.

Bu javob foydali böldimi?
Yoş çegarasi bormi?

Yöq — yoş çegarasi yöq. Dastur boşlanişigaça kamida bakalavr darajasiga ega bölişingiz va ikki yillik dasturda töliq iştirok etişga tayyor bölişingiz kerak.

Bu javob foydali böldimi?
Özbekiston fuqarosi bölişim şartmi?

Özbekiston fuqarosi, fuqaroligi yöq şaxs yoki Özbekistonda yaşaş uçun ruxsatnomasi bor boşqa davlat fuqarosi bölsangiz, ariza topşirişingiz mumkin. Yaşaş uçun ruxsatnomasi bölmagan boşqa davlat fuqarolari ariza topşira olmaydi. Anketada fuqaroligingizni (yoki «Fuqaroligi yöq şaxs»ni) tanlang; boşqa davlatni tanlasangiz, anketa yaşaş uçun ruxsatnoma haqida söraydi.

Bu javob foydali böldimi?
Tanlov qançalik raqobatli?

Juda raqobatli — sönggi tanlovlarda çeklangan örinlar uçun mingdan ortiq ariza kelib tuşdi, şuning uçun qiziqqan har bir kişiga kuçli ariza tayyorlaşni tavsiya qilamiz.

Bu javob foydali böldimi?
Ikki yil tugagaç nima böladi?

Siz TFU bitiruvçilari hamjamiyati hamda Teach For All global tarmoğining umrbod aʼzosiga aylanasiz. Köplab bitiruvçilar taʼlim sohasidagi faoliyatini davom ettiradilar. Ular öqituvçi, maktab rahbari yoki öquv dasturlari koordinatori sifatida faoliyat yuritişlari, şuningdek, öz tadbirkorlik taşabbuslari va ijtimoiy loyihalarini yölga qöyişlari yoki boşqa sohalarga — korporativ sektor, davlat boşqaruvi hamda xalqaro taşkilotlar faoliyatiga ötişlari mumkin. Mazkur taşkilotlarning barçasi Fellowship dasturida orttirilgan tajribani qadrlaydi.

Bu javob foydali böldimi?

Ariza topşiriş

Keyingi Fellowship dasturiga qaçon ariza topşirsam böladi?

2027–2029 yillar Fellowship dasturiga arizalar qabuli 2026-yil 15-oktabrda boşlanadi va 2027-yil 30-aprelda yakunlanadi.

Bu javob foydali böldimi?
Ariza qanday topşiriladi?

Akkaunt yarating, siyosatlar bilan tanişib, ularni qabul qiling va arizani bosqiçma-bosqiç töldiring — şaxsiy va pasport maʼlumotlari, taʼlim va tillar, motivatsiya javoblari (har biri 30–200 söz), joylaşuv istaklari hamda ikkita hujjat (pasport/ID kartaning old tomoni va surat). Bu taxminan 40 daqiqa oladi va avtomatik saqlanadi — istalgan payt töxtab, keyin davom ettirişingiz mumkin.

Bu javob foydali böldimi?
Qaysi hujjatlarni yuklaş kerak?

Ariza bosqiçida faqat ikkita fayl majburiy: pasport/ID kartaning old tomoni va yaqinda tuşgan suratingiz. Rezyume, diplom va transkript ixtiyoriy. Baholaş markazidan keyingi yakuniy bosqiçlarga ötsangiz, rezyume, diplom, transkript va boşqa hujjatlarni, keyinroq esa asl nusxalarni söraymiz. Har bir fayl hajmi 4 MB gaça.

Bu javob foydali böldimi?
Qanday fayl formatlari qabul qilinadi?

Pasport/ID, diplom va transkript: PDF, JPG yoki HEIC (iPhone suratlari). Surat: JPG yoki HEIC. Rezyume: PDF yoki DOCX. Har bir fayl 4 MB dan oşmasligi kerak.

Bu javob foydali böldimi?
Inşolarni qaysi tilda yoziş kerak?

Özbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz tilida — fikringizni eng yaxşi ifodalay oladigan tilda. Til tanlovi bahoga taʼsir qilmaydi.

Bu javob foydali böldimi?
Topşirilgandan keyin arizani özgartirsa böladimi?

Yöq — topşirilgaç ariza qulflanadi, şunda barça nomzodlar bir xil versiya böyiça baholanadi. Topşirişdan oldin körib çiqiş bosqiçida hammasini tekşiring. Jiddiy xatolik bölsa, TFU jamoasiga murojaat qiling.

Bu javob foydali böldimi?
Arizani qaytarib olsam böladimi?

Ha — arizangiz yuborilgan yoki körib çiqilayotgan paytda şaxsiy kabinetingizda “Arizani qaytarib olmoqçimisiz?” bandini tanlang va tasdiqlang. Qaytarib oliş uşbu bosqiç uçun yakuniy, ammo keyingi bosqiçlarda yana ariza topşirişingiz mumkin.

Bu javob foydali böldimi?
“Referal kod” maydoni nima?

Agar hozirgi iştirokçi, bitiruvçi yoki TFU dösti sizni ariza topşirişga taklif qilgan bölsa, ular bergan kodni kiriting. Bu ixtiyoriy va bahoga taʼsir qilmaydi — TFU dastur haqida sözlab yurganlarga minnatdorçilik bildirişiga yordam beradi.

Bu javob foydali böldimi?
Avvalgi yillarda ariza topşirganman. Yana topşira olamanmi?

Ha. Anketaning birinçi bosqiçida «Avval Teach for Uzbekistan dasturiga ariza topşirganmisiz?» savoliga javob bering va qaçon topşirganingizni — esingizda bölsa, qaysi bosqiçgaça borganingizni ham (masalan, «2024, intervyu») yozing.

Bu javob foydali böldimi?

Tanlov jarayoni

Tanlov qanday bosqiçlardan iborat?

Tört bosqiç: 1. Arizani baholaş — jamoa arizangiz va inşolaringizni baholaydi. 2. Telefon intervyusi — birlamçi saralaşdan ötgan nomzodlar telefon intervyusi uçun qulay vaqtni tanlaydi. 3. Baholaş markazi — Toşkentda yoki hududlarda yuzma-yuz ötkaziladigan kun. 4. Yozgi institut — dars berişni boşlaşdan oldin iyul–avgust oylarida beş haftalik intensiv tayyorgarlik. Şaxsiy kabinetingizda qaysi bosqiçda ekaningiz körinib turadi va har bir qadam haqida sizga xabar beramiz.

Bu javob foydali böldimi?
Baholaş markazida nima böladi?

Guruh maşğulotlari va real vaziyat simulyatsiyalari orqali biz fikrlaş çuqurligi, hissiy intellekt, hamkorlik, axloqiy mulohaza va öqituvçilik salohiyatini baholaymiz.

Bu javob foydali böldimi?
Topşirganimdan keyin nima böladi?

Arizangiz TFU tanlov jamoasiga yuboriladi va oçiq baholaş mezonlari asosida baholanadi. Saralangan nomzodlar telefon suhbatiga, söngra Baholaş markaziga taklif qilinadi; şundan keyin tanlov qömitasi yakuniy qaror qabul qiladi. Şaxsiy kabinetingizda qaysi bosqiçda ekaningiz körinib turadi va har bir qadam haqida sizga xabar beramiz.

Bu javob foydali böldimi?
Qaysi hudud yoki maktabga yöllanişimni özim tanlay olamanmi?

Yöllaniş joriy dastur hududlari içida ehtiyoj eng katta bölgan joyga qarab belgilanadi. Agar istagingiz bölsa, uni inobatga olamiz.

Bu javob foydali böldimi?
Javobni qaçon kutiş kerak?

Muddatlar qabul va arizalar soniga boğliq, lekin sörab ötiriş şart emas — holatingizning har bir özgarişi darhol email (va Telegram) orqali keladi.

Bu javob foydali böldimi?
Ariza holatini qanday kuzataman?

Şaxsiy kabinetingizda jonli holat şkalasi bor. Har bir özgarişda sizga email keladi, kabinetdan TFU botini ulasangiz — Telegram xabari ham.

Bu javob foydali böldimi?

Iş şaroitlari va qöllab-quvvatlaş

Dasturda iştirok etiş uçun haq tölanadimi?

Ha. Ikki yil davomida dastur iştirokçilari oylik maoş va stipendiya oladi — ikkalasi birga oyiga taxminan 10 million söm.

Bu javob foydali böldimi?
Qanday tayyorgarlik va qöllab-quvvatlaş olaman?

Maktabga yöllanişdan oldin beş haftalik Yozgi institut, söngra öquv yili davomida doimiy qöllab-quvvatlaş: maxsus hududiy koordinator, muntazam dars kuzatuvi va fikr-mulohaza, mavzuli seminarlar hamda uzluksiz kasbiy rivojlaniş uçun raqamli platforma.

Bu javob foydali böldimi?
Dasturda iştirok etayotganimda boşqa iş yoki öqişni davom ettira olamanmi?

Yöq — Fellowship yöllangan maktabingizda dars berişga töliq ikki yillik majburiyatdir. Arizani yuborişdan oldin Yozgi institut boşlanişiga qadar iştirokingizga tösqinlik qilişi mumkin bölgan mehnat yoki öquv majburiyatlaringiz yöqligini tasdiqlaysiz.

Bu javob foydali böldimi?
Qayerda işlayman?

Dastur hududlaridan biridagi davlat maktabida. 2027–2029 yillar dasturi uçun bular — Qoraqalpoğiston, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Farğona va Namangan. Arizada uçta afzal hududni körsatasiz va biz istaklaringizni inobatga olamiz.

Bu javob foydali böldimi?
Yaşaş xarajatlari / Ijara: uy-joy qanday qoplanadi?

1. Dastur doirasida Iştirokçining tanlangan hududda yaşaşi uçun turar joy ijarasi xarajatlari Taşkilot tomonidan tasdiqlangan qatʼiy belgilangan limit (maksimal miqdor) doirasida qoplab beriladi. 2. Mazkur kompensatsiya miqdori faqat 1 (bir) nafar Iştirokçining yaşaş ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda hudud va vaziyatdan kelib çiqqan holda (1 xonali xonadon yoki alohida xona hisobidan) hisoblanadi. 3. Iştirokçi öz xohişiga köra oila aʼzolari (turmuş örtoği, farzandlari, ota-onasi va b.) bilan birga köçib ötiş va birga yaşaş huquqiga ega. Biroq, oila aʼzolarining yaşaşi munosabati bilan turar joy maydonining kengayişi va ijara haqining oşişi Taşkilot tomonidan qoplanmaydi. 4. Agar Iştirokçi oilasi bilan yaşaş uçun Taşkilot tomonidan belgilangan limitdan qimmatroq bölgan turar joyni ijaraga olmoqçi bölsa, yuzaga kelgan narx farqini (qöşimça tölovni) öz hisobidan (şaxsiy mablağlari hisobidan) mustaqil ravişda tölaydi.

Bu javob foydali böldimi?

Akkaunt, xabarnomalar va maʼlumotlar

Telegram xabarnomalarini qanday ulayman?

Şaxsiy kabinetda “Telegramni ulaş” tugmasini bosing, havolani oçing va botda Start ni bosing. Şundan söng har bir holat özgarişi Telegramga ham keladi.

Bu javob foydali böldimi?
Şaxsiy maʼlumotlarim qanday himoyalangan?

Maʼlumotlaringiz himoyalangan bazada saqlanadi, kiriş qoidalari bazaning özida işlaydi: baholovçilar faqat baholaş uçun zarurini köradi, qabul jamoasidan taşqari heç kim faylingizni öqiy olmaydi. Maʼlumotlaringiz nusxasi kerak bölsa, Yordam bölimi orqali jamoaga yozing — yuboramiz. Akkauntingizni istalgan payt şaxsiy kabinetingizdan öçirişingiz ham mumkin.

Bu javob foydali böldimi?
Parolni unutdim — nima qilay?

Kiriş sahifasida “Parolni unutdingizmi?” ni tanlang — emailingizga yangi parol örnatiş uçun xavfsiz havola yuboramiz. Xat bir neça daqiqada kelmasa, “Spam” papkasini tekşiring yoki Yordam bölimi orqali bizga yozing.

Bu javob foydali böldimi?