Asosiy kontentga ötiş

Arizalar qabul qilinmoqdaMuddat: 30-aprel, 2027

Teach for Uzbekistan dasturiga ariza topşiring

Universitet bitiruvçilari va yoş mutaxassislar uçun ikki yillik dastur — Özbekiston hududlaridagi davlat maktablarida öqituvçilik.

Talablarga mos kelasizmi? Ikki daqiqada tekşiring
  1. 1Akkaunt oçingIkki daqiqa: ismingiz, email va parol.
  2. 2Arizani töldiringOltita qisqa qadam, taxminan 40 daqiqa. Hammasi avtomatik saqlanadi.
  3. 3Holatingizni kuzatingHar bir bosqiçni şaxsiy kabinetda köring, yangiliklarni email va Telegram orqali oling.

Ariza topşira olasizmi? Ikki daqiqada tekşiring

Akkaunt oçişdan oldin 11 ta qisqa savolga birma-bir javob bering. Heç narsa saqlanmaydi — natija faqat şu sahifada körinadi.

Savol 1 / 11

Oliy maʼlumotingiz bormi yoki uni dastur boşlanişigaça tugatasizmi?

Rostini javob bering — heç narsa saqlanmaydi, istalgan vaqtda orqaga qaytişingiz mumkin.

Fellowship dasturi haqida

Teach for Uzbekistan iqtidorli bitiruvçilar va yoş mutaxassislarni ikki yil davomida viloyatlardagi davlat maktablarida dars berişga jalb qiladi — kuçli öqituvçilarga eng muhtoj bolalar uçun.

Dastur iştirokçilari sinfga kirişdan oldin tayyorgarlikdan ötadi, doimiy ravişda mentorlar kömagini oladi va butun mamlakat böylab teng taʼlim imkoniyatlari uçun işlayotgan yetakçilar jamoasiga qöşiladi. Baholardan köra şaxsiy fazilatlar muhimroq — bizga özingizni körsating.

teachforuzbekistan.org sayti

Talablarimiz

  • Oliy maʼlumot — tugallangan yoki dastur boşlanişigaça tugallanadigan
  • Özbekiston fuqaroligi, fuqaroligi yöq şaxs maqomi yoki Özbekistonda yaşaş uçun ruxsatnoma
  • Töliq ikki yillik Fellowshipga tayyorlik
  • Viloyatda yaşab dars berişga tayyorlik
  • Jamiyatga xizmat qilişga intiliş va amalda körsatilgan yetakçilik

Fellowship nima?

Fellowship (Fellouşip) — bu tanlov asosida iqtidorli mutaxassislar, yoş olimlar, talabalar yoki öz sohasining professionallariga kasbiy, pedagogik yoki ilmiy faoliyatini rivojlantiriş uçun beriladigan maxsus dastur, stipendiya yoki grantdir.

“Teach for Uzbekistan” dasturi kontekstida Fellowship — bu öz iştirokçilariga (Fellows) maktablarda dars beriş, metodik kömak körsatiş, malaka oşiriş va jamiyatda taʼlim sifatini yuksaltiriş uçun beriladigan uzoq muddatli professional hamkorlik loyihasidir. Iştirokçilar şunçaki işçi emas, balki taʼlim tizimini özgartirişga qaratilgan harakatning elçilari hisoblanadi.

Teach for Uzbekistan dasturi sizga nima beradi

Oylik maoş va stipendiya

Iştirokçilar dastur davomida oylik maoş va stipendiya oladi.

Tayyorgarlik va doimiy qöllab-quvvatlaş

Dastur boşlanişidan oldin intensiv tayyorgarlik, dastur davomida esa uzluksiz professional qöllab-quvvatlaş.

Mentorlik

Dastur davomida doimiy mentorlik — tajribali pedagoglar sinfda ham, undan taşqarida ham ösişingizga yöl körsatadi.

Xalqaro tan olinadigan sertifikat

Dasturni tugatganingizdan söng xalqaro tan olinadigan sertifikat olasiz.

Teach For All global tarmoği

60 dan ortiq mamlakatdagi hamkor taşkilotlarni birlaştirgan Teach For All global tarmoği aʼzosiga aylanasiz.

Ijtimoiy taşabbuslar va yetakçilik

Siz dars beradigan hududda ijtimoiy taşabbuslarni boşlaş va öz loyihalaringizni yuritiş imkoniyati.

Maslakdoşlar jamoasi

Qadriyatlaringizni baham köradigan, birga örganib, birga ösadigan iştirokçilar davrasiga qöşilasiz.

Dasturdan keyingi karyera imkoniyatlari

Bitiruvçilar tarmoği taʼlim, davlat sektori, biznes va boşqa sohalarga eşiklarni oçadi.

Yaşaş xarajatlari / Ijara

Tanlangan hududda yaşaş uçun turar joy ijarasi Taşkilot belgilagan limit doirasida bir kişi uçun qoplanadi. Oila bilan yaşaş yoki limitdan qimmat ijara — iştirokçining öz hisobidan.

Batafsil şartlar — Savol-javoblar bölimida

Tanlov qanday ötadi

  1. 1

    Ariza topşiriş

    Akkaunt yarating, qoidalar va şartlarga rozilik bildiring hamda arizani onlayn töldiring — taxminan 40 daqiqa, hammasi avtomatik saqlanadi.

  2. 2

    Arizalarni körib çiqiş

    Qabul jamoasi har bir arizani öqib baholaydi — inşolaringiz eng muhimi.

  3. 3

    Telefon intervyusi

    Birlamçi saralaşdan ötgan nomzodlar telefon intervyusi uçun özlariga qulay vaqtni band qiladi — mos vaqt bölmasa, boşqa vaqt söraş mumkin.

  4. 4

    Baholaş markazi

    Yuzma-yuz baholaş kuni: joy, sana va vaqt arizangizda körsatiladi va emailga yuboriladi.

  5. 5

    Yozgi institut

    Saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlar dars berişni boşlaşdan oldin majburiy 5 haftalik Yozgi institutni (iyul–avgust) ötaydilar.

  6. 6

    Fellowship dasturi

    TFU dasturi doirasida ikki yil davomida biriktirilgan hududda dars beriş, treninglarda qatnaşiş, mentorlar kömagidan foydalaniş va hamfikrlar bilan birga rivojlaniş imkoniyati.

Qanday hujjatlar kerak böladi

Arizani yuboriş uçun faqat ikkita fayl kerak. Qolganlari hozirça ixtiyoriy — ularni Baholaş markazidan keyin söraymiz.

MajburiyYuboriş uçun kerak

  • Pasport yoki ID-karta — old tomoni
  • Portret surat

IxtiyoriyHozir ixtiyoriy — keyinroq söraladi

  • Rezyume (CV)
  • Diplom
  • Transkript / baholar varaqasi
  • Sertifikat va litsenziyalar (IELTS, pedagogik va b.)
  • Tavsiyanoma

Ariza topşirişga tayyormisiz?

Bu bepul, istalgan payt töxtab, keyinroq davom ettirişingiz mumkin.

Muddat: 30-aprel, 2027

Arizani boşlaş

Savollaringiz bormi? Eng köp beriladigan savollarga FAQda bir daqiqada javob topasiz.

Bizga admission@teachforuzbekistan.org manziliga ham yozişingiz mumkin.

FAQni öqiş